Bahorning tong guli...

3 0 0
                                    

Hayajonda yo'qotibman o'zimni,
Uni ko'rgach unutdima so'zimni,
Ketgunicha uzolmayin ko'zimni
Isming topay, ey bahorning tong guli...

Bahormi yo isming husningga xos
Aytsam Go'zal ismi senga juda ham mos
Durjonami isming yoki Charos
Isming aytgin, ey bahorning tong guli...

Shirin, Lola, Ruxsora
Asalina Dilsora!
Go'zallar ichida bir dona
Ziyoda, Durdona, Farzona!

Tabassuming jismingdan ham didga boy
Sen bir olam uzra uchgan yorqin oy,
Nazokatmi isming yoki Gavharoy
Isming izlab sarson bo'ldim, tong guli!

Rangi qaro bulutlardan ozor ko'p,
Sen saqlagan sukunatdan foyda yo'q,
Ne istasang bajo aylay mayli hop,
Faqatgina ismingni ayt, tong guli...

Laylo, Guli, Muyassar,
Shirinami yo Dilbar,
Qilma  holimni kasal
Asila... Zulfizar

Nuh ibn Safar

https://t.me/sheriyat_shoirlar_hikoyalar

Has llegado al final de las partes publicadas.

⏰ Última actualización: Apr 23 ⏰

¡Añade esta historia a tu biblioteca para recibir notificaciones sobre nuevas partes!

"Chronicles of the Mind"Donde viven las historias. Descúbrelo ahora