Xitoylik uyg'ur malagim!

4 0 0
                                    

Gulim, seni ne deb atayin?
Nozikoyim, jonim, kapalagim,
Asli yurting oʻsha mashhur Chin!
Sen Xitoylik uygʻur malagim!

Osmonimga boʻlgin toʻlin oy,
Bagʻishlab sen gulgun bir chiroy,
Mayli boʻlsang hamki lek Xitoy,
Sen Xitoylik uygʻur malagim!

Savdo bilan ishim sira yoʻq,
Sendan meni asli koʻnglim toʻq,
Yuragimga borib tekkan oʻq,
Sen Xitoylik uygʻur malagim!

Bitta devor bordir orada,
Yashayapsan qaysi darada,
Senga ishqim tushgan pallada,
Sen Xitoylik uygʻur malagim!

Shahlo ko'zli, sochlari sumbul
Buncha shirin ovozing, bulbul!
O'tar chog'ing, menga boqib kul
Sen Xitoylik uyg'ur malagim!

Olib qochsam seni shu onda,
Sensiz yashash bilgin yomonda,
Qol yashaylik Oʻzbekistonda,
Ey Xitoylik uygʻur malagim!

Buyuk devor uzra ikkimiz
Qoʻl ushlashib yursak keragim!
Yuraklarga joylab sevgimiz,
Sen Xitoylik uygʻur malagim!

Tyanshanga chiqib baqirsam,
Seni soʻrab yolgʻiz malagim!
Bir umrlik haloling boʻlsam,
Sen Xitoylik uygʻur malagim!

Allohimdan yolg'iz tilagim,
Sen Xitoylik uyg'ur malagim...

"Chronicles of the Mind"Where stories live. Discover now