8

10 0 0
                                    

* * *

- Sizga aytadiganimni aytdim - Iskandar qarshisida o'tirgan Ozod Qayumovga qat'iy tikilib so'zini yakunladi.
- Seningcha men qizimni o'ylamayapman? -Ozodning uyilga qoshlari battar uyuldi - Endi sen o'zingni meni o'rnimga qo'yib gapirchi.
Sen qizingni o'g'riga bera olarmiding?
- O'zimga o'xshasa ha!
- Nega? Seni boshqa o'g'rilardan nima farqing bor? O'zimga o'xshasa deysan.
- Men o'zimni bilaman!
- Qizimni tinch qo'y! Sen unga munosib emassan. Uni ustiga qizimga xarom luqma yedirishinga aslo yo'l qo'ymayman. Qizim hali yosh, ko'nikib ketadi. Qizimni ko'ngli uchun ham jim turibman, yo'qsa seni bir deganda qamoqqa tiqishga kuchim yetadi.
- Men ham Isf i ra  uchun yoningizda turibman hozir, ota-onasining roziligi uchun... O'zimga qolganda uni olib qochib ketish men uchun cho't emas - biroz asabiylashdi Iskandar.
- Tahdid qilayapsanmi?
- Fotiha so'rayapman.
- Yana qaytaraman! Meni o'g'riga beradigan qizim yo'q! Yaxshilikcha uni tinch qo'y, yo'qsa qolgan umringni qamoqda chiritishga kuchim yetadi.
- Qamoqdan qo'rqganimda sizningcha shunday yurarmidim - o'zini o'g'riligiga ishora qildi Iskandar.
- Ortingda ishonganlaring borligi bilinib turibdi. Ammo ishonaver menga qarshi chiqadigani hali tug'ilmagan.
- O'zingizga juda ishonib yuborayapsiz -Iskandar asabiy kuldi. Bu odamdan hali beri rozilik ololmaydigan ko'rinadi. Balki rostan Isf i rani o'g'irlab ketar. Lekin...lekin Isf i ra keyin bunga qanday javob qaytaradi...
Ozod Qayumovning xonadonidam asabiy holda chiqib kelgan Iskandar mashinasiga o'tirishi bilan Isf i raga qo'ng'iroq qildi.
- Alo - qizning shirali ovozi yigitni ancha tinchlantirgandek bo'ldi.
- Hali ham xonangdamisan?
- Haa.
- Bugun kechqurun kelaman, chiqa olasanmi?
- Yana o'g'rilardekmi?
- Kel shu jumlangni "Sizni uslubingizdekmi?"
ga o'zgartiraylik - Isf i raning gapini yoqtirmaganini yaqqol bildirdi Iskandar.
- Ho'p, yana seni uslubing bilan uydan chiqaymi?
- Yo'q Isf i r, yo'q... Dadangdan ruxsat so'rab chiq!
- Kesatma!
- Chiqa olasanmi?
- Ha... Gaplashib oladigan gaplarimiz ko'p.
Isf i ra bu gapi bilan yigitni qamalib chiqqaniga ishora qilib qo'ydi.  * * * * * - Nega qamalib chiqqaning haqida aytmagansan?  Qorong'u tunning yarmida ikki oshiq shaharning shovqinsiz joyida, mashina ichida o'tirishar ekan. Qiz kechadan beri javob ololmayotgan savolini bugun yigitni o'zidan so'radi.
- Sen so'ramagansan.
- Sen aytishing kerak edi. Axir o'zing o'rtamizda sir bo'lmasligi kerak derding, ammo o'zing mendan sir saqlading, aslida men bilishim kerak bo'lgan...yo'q SHART bo'lgan narsani boshqadan eshitdim.
- O'g'rilarda bu tabiiy holligini sen unutib qo'ymasliging kerak edi - Iskandar qizga o'zidek javob qaytardi.
- Unutib qo'yganim yaxshi edi. Erta oila qursak ham shunaqa qamalib yurasanmi?
To'g'risi qo'rqib qoldim... Sen qamalib ketsang-u men yolg'iz qolib ketsam... - qizni miyyasini daxshatli hayollar o'rab oldi.
- Bunaqa bo'lmaydi - Iskandar qizni qo'llaridan tutdi.
- Necha yil?
- 2.
- Nima qilganding?
- Pul... Anchagina...
- Bu ishingni tashlaysanmi?!
Isf i raga bu mavzu yoqmay boshladi. Qamoq va o'g'rilik haqida ortiq eshitishni ham istamas edi.  - Yo'q!
- Nega?
- Bu meni ishim! - qat'iy gapirdi Iskandar.
Isf i ra yigitdan nigohini uzib mashina oynalari orqali tun zulmatiga cho'kkan ko'chalarga qaradi.
- Balki dadam haqdir - sekin pichirladi u.
Lekin bu pichirlash Iskandarning quloqlarida gumbirlashdek yaqqol va daxshatli eshitildi.
Qizni qo'lini tutib turgan qo'llari bo'shashdi.
- Nima demoqchimisan bu bilan?
- Iskandar... Meni yana qancha umrim qolganini bilmayman, ammo shu qolgan umrimni yuragimni hovuchlab o'tkazishni xohlamayman - qizning ko'zlari yoshga to'ldi.
- Menga ishonasanmi?
Qiz sekin bosh irg'adi.
- Menga ishon bo'ldi, boshqa hech narsani o'ylama.
- O'ylamaslik bu juda qiyin. Sen meni holatimni tushunmaysan...tushuna olmaysan.
Seni hayoting havf-hatarga to'la...
- Sen esa har daqiqada meni tark etishing mumkin - Iskandar qizni gapini keskin bo'ldi -O'ylab ko'rchi qay birimiz daxshatliroq holdamiz?
Isf i ra adashganini sezdi. Iskandarning o'rniga o'zini qo'yib ko'rdi. Iskandar tuzalmas kasal va Isf i ra har daqiqani yigitga umr tilab ichida duo bilan o'tkazayapti... Ooo yo'q buni o'ylashni o'zi daxshatli. Iskandar mayli o'g'ri bo'lsin, mayli qamalsin ham, muhimi tirik bo'lsin, yashasin, u nafas olayotgan dunyoda nafas olib tursin. Qayerda bo'lishi muhim emas, faqat tirik va yashasa bo'lgani!
Ayni daqiqada qizni miyyasiga kelgan hayollar... Ammo Iskandar hozir qamoqda emas yoki qizdan yiroq ham emas, u yonida, shunchaki 10 sm uzoqlikda qizni ko'zlariga tikilib turipti. Bundanda ortiqroq baxt bor ekanmi?!
- Ketamizmi?! - qiz ko'zida to'plangan yoshlarni sidirib, yigitga jilmayib qaradi.
- Qayerga?
- Bizga hech kim to'sqinlik qila olmaydigan allaqayergadir.
- Qochishga rozi bo'lalyapsanmi? - Iskandar hayratini yashira olmadi.
- Dadam rozi bo'lmaydi.
- Rozi qilaman... Agar ikki oy ichida ham rozi qila olmasam, balki rostan ham qochib ketarmiz...
- Nega aynan 2 oy? Qanaqa sayohat o'zi bu? -yigitning sayohat haqida gapirgani esiga tishib qoldi qizni.
- Borganda bilasan... Ungacha shunchaki Asal oyi deb hisoblay qol.
- Juda sirlisan.
- Sirli bo'lish yoqadi - Iskandar qizga jilmayib, mashinani o't oldirdi - uyga qaytish vaqti bo'ldi.
Iskandar mashinani qizning uyidan sal nariroqda to'xtatdi.
- Yetib keldik - Iskandar qizdan sira uzoqlashishni istamasdi.
- Endi mendan sir yashirmaysan degan umiddaman - qiz mashinadan tushishga taraddulanar ekan yigitga dedi.
- Harakat qilaman.
- Iskandar!
- Bo'pti-bo'pti, buyog'iga seni hafa qiladigan narsalarni har doim senga aytaman. Xursand qiladiganlari esa aytilmaydi.
- Kelishdik - jilmaydi qiz.
- Isf i r...
Endi mashinadan tushmoqchi bo'lgan qizni to'xtatib qoldi Iskandar.
Qizning javobtalab nigohlariga javoban yigit uning peshonasiga labini bosdi.  Isf i ra hozirgina bo'lgan holatni aqlan anglay olmagan bo'lsada, yuragi juda tez urishni boshlab yubordi. Ko'zlari normal holatdan anchagina kattalashdi. Yurak urishini ko'rsatib turadigan qo'l soatidagi sonlar 100 tagacha ko'tarildi.
- Bizga ancha qiyin bo'ladi menimcha -Iskandar qizdan uzoqlashib pichirlagancha kengroq jilmaydi - Hayirli tun, yaxshi tushlar ko'r.
Hayrat va hayajondan nima qilishini bilmay qolgan qiz yigitning gaplaridan tezda o'zini o'nglab o'nglamay mashinadan tushdiyu, uyga qarab yugurdi. Iskandar unga yaqin kelib orada 3-4 sm masofa qoldirsa ham hali taftini qizga bildirmagandi, lekin hozir bo'lgan ish...
Uning huddi olovdek bo'lgan lablari qizni peshonasiga tegishi... Qizni umuman o'zgacha olamga tushirib qo'ygandi go'yoki.
* * * * *  - O'ylab gapirayapsizmi? - telefonda alla kim bilan gaplashayotgan Iskandar asabiylashishni boshladi - Ketishing kerak deganingiz nimasi? Ikki oy vaqt bergandingiz, menda hali yana bir oy bor!
Telefon ortidagi noma'lum kimsa yana nimalardir degach Iskandarning qo'llari musht tugildi.
- Jin ursin! Yaxshi ikki haftalarda ketaman...
Hujjatlarni tezlashtiring... Ikki kishilik!
-.......
- Yo'q qarorim qat'iy, uni havfsizligi uchun ham u men bilan ketishi kerak... Ozod Qayumovni yana ko'ndirishga urunib ko'raman, ruxsat bermasa olib qochishdan boshqa choram yo'q!
-.........
- Buyog'idan ko'nglingiz to'q bo'lsin, o'zimga to'g'riman.
Aloqa tugagach Iskandar telefonini yotoqga o'tib o'zi o'tirgan holda kaftlarini yuziga bosdi.
Bu holat uni allaqanday muammolar orasida qolganidan darak berardi. Qancha vaqt shunday o'tirdi bilmadiyu, lekin telefonning ovozi uni hayollarini jamlashga yordam berdi.
- Alo - qalbga taskin beruvchi ovoz.
- Isf i r...
- Salom yaxshimisan?
- Juda betgachoparlik qilayapsan, hurmatimni qilib to'liq salom bersang, sizlasang bo'lardi...
Ha mayli to'ydan keyin bu muammolarni o'zim to'g'irlayman.
-...... - Isf i ra jim qoldi. Iskandarni bunga zavqi kelib boyagi kayf i yatidan asar ham qolmay kuldi.
- Ovozingni o'chirish oson ekanku.
- Eyyyy, asabimga tegayapsan.
- Men hali hech narsaga tekkanim yo'q.
- Bo'pti, hol-ahvol so'ramoqchi edim. Aftidan juda yaxshi ko'rinasan...
- Ko'rishaylik - Iskandar qizni gapini shoshgancha bo'ldi - Sog'indim - ayni daqiqalarda qizni juda ko'rgisi kelayotgandi.
- Suyulma! Asabim o'ynayapti... Bugun chiqa olmayman, dadamni ko'zi menda... Menimcha nimanidir payqab qolgan.
- Yaxshi - Iskandar ho'rsindi - unda ertaga ko'rishamiz... Balki piknik qilarmiz, nima deysan?!
- Uzoqga bora olmayman.
- Botanika bog'ichi?
- Bo'ladi... Tushlikda ko'rishamiz, ko'chadan ovqat olma o'zim kerakli narsalarni olvolaman bo'ladimi?
- Oshpazlik mahoratingni ko'rsatmoqchimisan? - jilmaydi Iskandar.
- Ertaga o'zing baho berasan. Sen kelishing shart emas, o'zim boraman, ho'pmi?
- Yaxshi.
- Mayli agar, ertaga ko'rishguncha.
- Ko'rishguncha.
Isf i ra bilan gaplashib muammolarini unutgan Iskandar yotoqqa cho'zildi. Ko'zlari charchoqdan yumila boshladi...
Isf i ra uy qamog'idan ozod bo'lganiga bir hafta bo'layapti. Bu vaqt oralig'ida Ozod Qayumov qizining "aqli" kirib qolganiga ishonib ortiq uni uyda ushlab o'tira olmadi. Nima bo'lganda ham yakayu yagona erka qizi. Unga kuchli bosim o'tkaza olmaydi. Umuman olganda Ozod qizing holatini ham tushunib turibdi.
O'zi ham Mahbuba bilan ahdlashib oila qurgan. Sevgi qalbga so'rab kirmasligini yaxshi anglaydi. Lekin pushti kamaridan bo'lgan qizini o'g'ri yigitga berishi...
O'g'rigaya? Yo'q u buni umuman aqliga sig'dira olmaydi. Shuncha yil asrab-avaylab, hech qanday gard tekkazmay ulg'aytirgan qizini o'z qo'llari bilan jinoyatchiga topshirib qo'ya olmaydi.
   Ertalab Isf i ra ota-onasiga "dugonalari"  bilan yig'ilishib o'tirishmoqchiligini aytib ruxsat oldi. Ozod Qayumov qo'riqchilar bilan borsagina ruxsat veroshini aytgach Isf i ra ham o'rtaga o'z shartini boshladi.
"Ular bog'ning darvozasidan ichkariga hatlab o'tishmaydi! Meni tashqarida kutishadi" Azaldan qo'riqchilar bilan yurishiga har-hasha qiladigan qizining bu gaplari ularni shubhalantirmadi.
Isf i ra tushlikkacha bor mahoratini ishga solib taom va salatlar tayyorlashni boshladi.
Qo'lbola muzdekkina kokteyl ham tayyorlashni unutmadi. Tez tayyor bo'ladigan shirinlik ham tayyorlashga ulgurdi. Pishir-kuydirlar "hobby"siga aylangan  Isf i ra hech qamday qiyinchiliksiz, hamma narsani mehr bilam pishirardi. Unga onasi Mahbuba ham yordamlashdi. Tushlikkacha ancha-muncha narsa tayyorlashga ulgurgan Isf i ra o'zi ham tayyorlanib bog' tomon yo'lga tushdi.
Bog'ga yetib kelgach Isf i ra aytganidek qo'riqchilar tashqarida qolishdi.  - Men keldim - telefonda kerakli insonga xabar bergach, uni sal chekkaroqda kutib turishni maqul ko'rdi.
- Salom kuychi qiz – Iskandar anchadan beri ishlatmayotgan so’zlar bilan qizni orqasida paydo bo’ldi.
- Salom – Isf i ra jilmayib ortiga o’girildi – ko’p kutib qolmadingmi?
- Yo’q… Qayerda o’tiramiz?
- Bilmadim… - Umuman olganda men bitta joyni bilaman… - Iskandar jilmayib qizni qo’lidagi yuklarni oldia isf i raga yo’l ko’rsatguncha oldinga odimladi.
- Nima daraxtzor ichiga kiramizmi?
Iskandar tekis yo'dan chiqib daraxtzor ichiga o'tib ketayotganiga so'radi qiz.
- Ha. Muammo bormi?
- Yo'q… kengroq joyda o'tirsak bo'larmidi.
- Odam ko’p bo’ladi… Nima yoki qo’rqayapsanmi? – Iskandar ayyorona jilmayib qizga qaradi.
- Nimadan qo’rqaman – qiz bir yutinib yana gapini davom etdi – shunchaki aytdim.
- Yaxshi… ko’nglingni hotirjam qilish uchun aytayapman. Shunchaki suhbatlashib o’tiramiz.
Isaf i ra indamadi, Iskandarning ortidan daraxtzor ichra yurib boraverdi. O’zlariga qulayroq joy topishgach birgalikda choyshablarni to’shab yeguliklarni ustiga qo’yishdi.
-  Ohooo…hammasini o’zing qildingmi? – Iskandar yeguliklarni ko’rib ishtahasi ochilib ketdi.
-  Ihim… oyim bilan birgalikda.
-  Ajoyib… Qani unda bir mahoratingizga baho beraylikchi.
-  Avval issqi ovqat – shirinliklarga endigina qo’l cho’zgan Iskandarning qo’liga urdi Isf i ra.
-  Ko’rinishi chiroyli ekanda – Iskandar kulgancha yelim idishchadagi ovqatni oldi – imm… - Iskandar og’zida ovqati bilam gapirihni istamay qo’lini zo’r ishorasida ko’rsatdi qizga.
-  Yoqdimi?
-  Judayam… senga uylansam jonni rohati bo’larkanda-a?
-  Eyyy – Isf i ra ko’zlarini katta-katta ochgancha Iskandarga qaradi – kundan-kunga suyuqlashib ketayapsan… menga bunaqa gaplar gapirma.
-  Rostda… erkak kishi oshqozoni bilan sevishi rost… hozir senga yanada oshiq bo’ldim.
-  Ovqatingni ye sovib qoladi… salat ham bor – qiz biroz qizarib gapni burishga harakat qilgancha salatni yigit tomon surib qo'ydi.
- Isf i r agar dadang  rozi bo'lmasa rostan ham men bilan birga qochib keta olasanmi? -ovqatlanib bo'lishgach ikkisi choyshab ustida daraxtlarning shox-shabbalari to'sib turgan osmonga qarab yotishar ekan Iskanda so'radi.
- Balki ha - qiz anchagina o'ylab keyin noaniq javobni berdi.

Oq QoraWhere stories live. Discover now