5

11 0 0
                                    

Rossiya.

Sankt-Petersburg shahri.

Bahor bo'lishiga qaramay hali ham qishning sovuq nafasi ketmagan shaharga kelgan qizni ko'ngli bugun ham kechki sayrni tusab qoldi.
Qalinroq kiyinib mehmonxonadan chiqar ekan hozir qayerlarga borishi mumkin ekanligini o'ylab ketardi. Tashqarida dadasi o'ziga qo'shib yuborgan qo'riqchisi uni kutib turardi.
- Ermitajga.
- Xonim hozir u yer juda gavjum. Chipta olishda ham navbatda qolib ketasiz.
- Hechqisi yo'q, navbat kutib o'lganlarni eshitmaganman. Men aytgan manzilga hayda.
Isf i ra o'ziga aqllilik qilgan yigitni hushlamay, zaxrini sochib olishni ham unutmadi. Qizning fe'lini yaxshi bilgan qo'riqchi ham boshqa ortiqcha gap qilmadi.  "Ogohlantiridim, o'zingdan ko'r" degandek qo'l siltab yo'lga tushdi.
Rossiyaning nafaqat Rossiya balki butun dunyoning ko'zga ko'rinar binosi Ermitaj eng yirik muzeylardan biri bo'lib, har xil malakatlardan bu yerga ko'plab tashrif l ar bo'ladi. Shu uchun ham kunda bu binoning atrof i gavjum va shovqinli.
   Ko’p narsalarni pul bilan hal qilib kelgan, uni ustiga bu yerda ham yaxshigina obro’si bor bo’lgan qiz navbatni yarim soat ham kutmay Ermitaj binosi ichiga kirib ketdi. Esida bu yerga ilk bora kelganida 12 yoshda edi.
Binoning hashamdorligi va haddan ortiq kattaligidan tili ham aylanmay qolgandi.
Muzeyni ikki soat aylanishgach uyga qaytishgandi. Bu ikki soat aylanishda muzeyni yuzdan o’n qismini ham ko’ra olishga yetmagandi.  -  Muzeyni hali to’liq o’rganib chiqmagandik-ku – dadasiga harhasha qilgan qiz bunday javobni olgandi.
-  Bu muzayni to’liq tomosha qilb chiqaman desang umring shu yerda o’tib ketadi.
-  Nega?
-  Chunki muzeydagi har bir surat yonida atigi bir daqiqa tursang hammasini to’liq ko’rib chiqquningcha 11 yil ketar ekan – bu safar oyisi javob qildi. Yosh bo’lishiga qaramay matematikani yaxshi bilgan qiz nolishni to’xtatib hayratlanishga tushdi.
-  Yog’e?!
-  Shunday.
-  Endi har kelganingda bo’lib-bo’lib ko’rib ketaverasanda qizim.
Mana endi o’n to’qqiz yoshida ham shu yerda turibdi. Shu vaqtgacha binoning to’rtdan bir qisminigina tomosha qilib chiqishga ulgurdi.
Isf i ra devorlarga ilib chiqilgan suratlarni tomosha qilib chiqar ekan, ularda nimalar tasvirlanganini ham anglamayapti. O’zi shu yerdayu hayollari umuman boshqa yerlarda uchib yuripti. Qiz kimdirga turtilib ketgachgina hayollarini jamlab atrofga qaradi.
Qarshisida sariq sochlari va moviy ko’zlaridan rusligi bilinib turgan yigit turar, ehtiyotsizlik qilgani uchun  qizdan uzr  so’rab ahvoli joyida yoki joyidamasligini aniqlashga urunardi.
-  Menda hammasi joyida – qiz rus tilida gapirib bu mulozamatli yigitdan uzoqlashdi.
Hayollari o’zida emasligidan jaxli chiqqan qiz, ortiq ko’ngliga aylanish ham  binodan chiqib ketdi. Tashqarida kutib turgan qo’riqchisiga yolg’iz qolishni istayotganligini aytib Sankt-Petersburg ko’chalarini yolg’iz ma’nosiz kezishni boshladi. Isf i ra o’zini-o’zi tushunolmay qoldi. Nega bunchalar hayolparast bo’lib, tushkunlikka tushib qolganiga. Buning sababi o’sha og’ri yigitligi anniq, lekin uning g’oyib bo’lishi nega qizga bunchalar ta’sir qilayapti. Axir o’zi emasmidi undan qutula olmay, unga sira ham yaxshi gapirmagan. O’rrtalarida faqat urish-janjal chiqargan. Faqat oxirgi kungi uchrashuvlarida odamdek gaplashishgandi. Shunda ham qiz ora-orada chaqib olishni unutmagandi. Endi nima bo’ldiyu qiz buqadar tushnuksiz ahvolda? Iskandar yo’q, endi uni bezovta qilib, asabiylashishga majbur qiladigan. Unda nega hotirjam emas? Shu kunlar oralig’ida nahotki qiz unga o’rganib qolgan bo’lsa?
Aslida bu tabiiy, rangsiz bir tekisda ketayotgan hayotini u yigit bo’rondek paydo bo’lib rangbarangliklarga burkab tashlagandi.
Boshida birdan yuz bergan bu o’zgarish qizga yoqmayotgandi, tartibli hayotini bulg’ab tashlagan yigitni sira yoqtirmagandi, ammo… ammo qizga ham bu rangbarabglik yoqqan ko’rinadi. Buni tushunib yetishi uchun esa, rangbaranglik yo’qolib yana rangsiz hayotiga qaytishi kerak ekan. Mana o’sha zerikarli, rangsiz hayotiga qaytdi ham… Yo’q nega o’zi bu o’g’ri yigit birdan g’oyib bo’lib qoldi?!
Isf i ra shu narsani hech ham tushuna olmayapti. Unga biron yomon korhol bo’lgani haqidaku o’ylashga ham qo’rqadi.
1 haftalik sayohatidan so'ng uyiga qaytgan Isf i ra yuragi biroz bezovta qilgani uchun shifoxonada yotishga majbur bo'ldi. Ortiq hech narsani o'ylamaslikka qaror qilgan Isf i ra o'g'ri yigit bilan bo'lgan "uchrashuvlarni" batamom unutishni, balki o'sha yigit hayotida umuman bo'lmagandek yashashni qat'iy qaror qildi...qilgan edi. Ammo shifoxonada yotganining to'rtinchi kunida xonasiga bostirib kelgan yigit bu qarorlarni qizning hayolidan tumandek tarqatib yubordi.
- Nima men bir ikki hafta bo'lmaganimga darrov ko'rpa-to'shak qilib yotib oldingmi?
Isf i ra bu tanish ovozdan deraza orqali tashqarini kuzatib turgan nigohlarini tezda o'girilib yuzida nim tabassum bilan, soxta jahl qorishiq turgan yigitga qaratdi. Qarshisida hech bir ogohlantirishsiz g'oyib bo'lib qolgan o'g'rini ko'rib biroz tili aylanmay qoldi. Lekin o'zini tezda qo'lga olib, yigitga hech bir so'z demay qayta ortiga o'girilib oldi. Uning bu qilig'idan yaxshigina arazda ekanligini tushungan yigit yuzida tabassum bilan qizga yaqinlashdi.
- Ixm... Nima tilingni yutdingmi? Nahotki endi sen bilan ko'rishganimda quloqlarim tinchisa - yigitning hayratomuz ovozi eshitildi.
- Hoy... Nima rostdan tilingni yutdingmi?  Yana javob yo'q.
- Hafamisan? Isf i r... Nega jimsan?  Iskandar qizni endi o'zi tomonga o'girmoqchi edi, ammo u ulgurmasidan qiz behush yerga yiqildi. Bir necha soniya nima bo'lganini anglolmay qolgan yigit joyida tek qotib qoldi.
So'ng miyyasi ishga tushgandek tezda qizni yoniga cho'kkalab, uni qo'liga oldiyu bor ovozda hamshiralarni yordamga chaqirishni boshladi.
- YORDAM U...U HUSHINI YO'QOTDI.
- Iltimos xonadan chiqing.
Iskandarning baland chaqiruvidan xonaga kirib kelgan shifokorlar yigitni xonadan chiqarib yuborgach, qizga birinchi yordamni ko'rsatishni boshlashdi.
- Kislorod yetishmasligi...
- Yurakni massaj qilish kerak... Kislorod niqobchasini ulang tezda - katta shifokor yordamchilariga buyruq berib yurakni massaj qilishni boshlab yubordi.
- Tinchlantiruvchi ulang.
- Qon bosimini tushurish kerak...
Bu orada Iskandar juda yomon holatga tushib qolgandi. O'zi qizni uyidan topolmay, shifoxonda ekanligini aniqlaganda havotirdan joyida turolmay qolgandi, endi esa bu holat unga ikki barobar havotirni yuklab qo'ydi.
Yuragi hadikdan hapqirib urayapti, asabiylik va qo'rquvdan o'zini qo'yarga joy topolmay qoldi. Uni ustiga shifokorlarni ha deganda chiqavermasligi...
- Nima bo'ldi? - katta shifokor chiqib kelishi bilan Iskandar o'zini uning yoniga urdi.
- Siz kim bo'lasiz?
Isf i rani yaxshi taniydigan, uni ustiga qizni oilasi bilan yaqin do'st bo'lgan shifokor qarshisida turgan yigitni taniy olmay savolga savol bilan murojat qildi.
- Hozir shu muhimmi? Isf i rga nima qildi deyapman sizga?
Shifokorning bu qilig'i yigitni asabini minga chiqarib yuborgandi. O'zini anglamagan holda jahl bilan shifokorning yoqasidan oldi.
-  Tinchlaning… qizni ahvoli yaxshi.
Shifokor yoqasida turgan qo’llarni sekin  pastga tushirib Iskandar eshitishni istagan so’zlarni aytdi.
-  Nega bunday bo’ldi?!
-  Yurakka kislorod yetib bormagan. Parokda uchraydigan holat.
-  Uni ko’rsam bo’ladimi?
-  Dam olishi kerak… u uyg’onguncha siz bilan bir suhbat qursak – shifokor bu yigitni Isf i raga qanday tanishligiga azbaroyi qiziqqanidan xonasiga taklif qildi.
-  Uning ahvoli anniq yaxshimi?
-  Yaxshi… havotirlanmang.
Iskandar biroz hotirjamlikka erishgach shifokorning taklif i ni qabul qilib xonasiga oldinma ketin yo’l olishdi.
-  Ho’sh siz bu qizimizga kim bo’lasiz? Avval sizni hech ko’rmagan ekanman.
Shifokor gapni cho’zib o’tirmay qiziqish bilan muddaoga o’tib qo’ya qoldi. Iskandar oq halatining ko’krak cho’ntagiga qistirib qo’yilgan bejik orqali shifokor haqida biroz ma’lumot ega bo’ldi. “ Yurak kasalliklai bosh shifokori Holmatov O’ktam Turdiyevich”.
-  Do’stiman, tanishganimizga hali ko’p bo’lmadi.
-  Isf i ra qizimizni juda yaxshi taniyman uni sizdek… ya’ni o’g’il bola do’stlari yo’q edi.
-  Men istisno bo’libman agar.
-  Bunchalik havotirga tushganingizga qaraganda uni juda qadrlaysiz – shifokor boyagi holatga ishora qildi.
-  Men do’st bo’lsam haqiqiy do’st bo’laman… umuman olganda sizga hisobot berishga majbur ham emasman – Iskandar endi o’rnidan turgandi hamki yodiga nimadir tushgandek qayta joyini egalladi – uni davolasa bo’ladimi?
-   Tirik qolish foizi past, lekin umuman umid yo’q ham deya olmayman.  -  U tavakkal qilishni istamayapti.
-  Arosatdamiz, bunday holatda xohish bemorning o’ziga topshiriladi.
-  Davolanmasa o’lib ketaveradimi?! – ovoz toni balandlashib ketdi Iskandarning.
-  Bu anniq emas. Bilasizmi parok juda tushunarsiz kasallik. Uni anniq muddatini ayta olmaymiz shuncha umri qoldi deb. Yurak birdan ish faoliyatini to’xtatishi mumkin xoh bugun, xoh ertaga, xoh yillardan so’ng, lekin operatsiya qilinsa yurakning ishlash faoliyati kafolatlanadi.  Sog’lom yurak bilan hadiksiz yashaydi.
-  Ammo operatsiya Isf i ra uchun havf l i.
-  Shunday, aslini olganda Isf i ra shu yoshgacha yetib kelgan, bundan keyin ham sog’ligiga e’tibor berib yaxshi parvarish qilinsa bundan buyog’iga ham operatsiyasiz yashashi mumkin. Mo’jiza yuz berib yurak baquvvatlashsa operatsiyaga to’liq tayyor holatga ham kelar, buyog’i Alloh omonat qilgan umr. Men sizga anniq shunday bo’ladi deb ham ayta olmayman.
-  Tushunarli… - Iskandar o'ychan dedi -Rahmat sizga O’ktam Turdiyevich… endi uning yoniga kirsam bo’ladimi.
-  Ha… faqat toliqtirib qo’ymang.
-  Ho’p.
Iskandar Isf i ra yotgan palata yoniga kelgach eshik tutqichini tutgancha biroz turib qoldi.
Boyagina his qilgan qo'quvini eslarkan og'ir yutundi. Bu qiz u uchun endi shunchaki tanish kuychi qiz emasligini yanada aniqroq his qildi. Shu o'tgan ikki haftani qanday o'tkazgani yolg'iz Alloh va o'ziga ayon. Qizdan hech qanaqasiga xabar olishni uddalay olmagan yigit ikki haftani ich-etini yemirib o'tkazgandi.  Boyagi holat esa... Qizni butun umrga yo'qotib qo'yish qo'rquvi...buni ta'rif l ab berish mushkul...
Iskandar eshikni sekin ochib ichkariga qadam qo'yar ekan Isf i rani allaqachon uyg'onganligi guvohi bo'ldi., Qizning ko'zlari shiftga qaratilgan, hissiz boqib turardi. Xatto Iskandar xonaga kirib kelganini ham sezmadi.
Qaltis harakat qilishga ham hadiksirab qolgan yigit unga sekin yaqinlashdi. Yotoq yonida turgan kursiga cho'kkalab bir muncha vaqt qizni kuzatib turdi. Qizda hech qanday harakat kuzatilmagach, xatto ko'z qiri bilan ham yigitga bir nigoh tashlanmagach Iskandar ohista qizning qo'llaridan tutdi.
- Isf i r yaxshimisan?!  - Yaxshi - nihoyat qizdan sado chiqdi.
Isf i ra Iskandarga bir qarab qo'llarini tortib oldi...olmoqchi bo'ldiyu, lekin yigitning baquvvat qo'llari bunga izn bermadi.
- Juda qo'rqitib yubording - Iskandar og'rinib dedi.
- Menda ko'p uchraydigan holat... Qo'limni qo'yib yubor.
- Juda qo'rqib ketdim.
- Nega?! - qiz hayronlik va qiziqish bilan yigitga qaradi.
- Seni yo'qotib qo'yishdan... Butun umrga...
- Baribir biron kun yo'q bo'lamanku...
- Tshsh... Bunday dema... Sen hali ko'p yashaysan... Yashashing kerak.
- Bugun negadir boshqachasan.
- Bugun ko'p narsalarni angladim chunki.
- Masalan?!
- Seni yoqtirishimni... - Iskandar mehr bilan qizga termuldi.
- Nima bu hazilmi?!
- Yo'q albatta.
- G'alatisan - qiz hafsalasi pir bo'lgan ohangda dedi.
- Nimam g'alati?
- Avvaliga yo'qolib qolasan, va kelganingdan dil izhori qilishni boshlaysan. Mantiq qani bu yerda.
- Mantiqni nima qilasan? Meni bil bo'ldi.
Keyin men bo'lgan joylardan ko'p ham mantiq bo'lavermaydi... Yo'qolib qolganimga kelsak, bu vaqt oralig'ida yallo qilib yurmadim albatta.
- Qayerda eding?
- Shunchalik qiziqmi? - Iskandarning yuziga yana o'ynoqi tabassum yugurdi.
- Shunchaki qiziqdim.
- Qamoqda edim - hotirjam dedi yigit.
- NIma?! - Isf i ra salkam baqirvordi.
- Sekinroq... Ishim sal o'xshamay qolgandi shunga 12 sutkaga tiqib qo'yishdi.
- Hazillashayapsanmi?
- Hazillashayotganga o'xshayapmanmi?
Iskandarning jiddiy holatidan qiz yo'q ishorasida bosh irg'adi.
- Meni kimligimni unutmadingmi Isf i r... O'g'ri bo'lsam bu tabiiy hol. Bunaqa hayratlanish shart emas. Shunaqa holatlarga sekin-asta ko'nikib boraversang ham bo'lardi.
- Haya, o'g'riliging yodimdan ko'tarilibdi...
Rostdan o'tirib chiqdingmi?
- Yo'q sayohatga ketgandim to'rt devor orasiga! - hafasalasiz dedi Iskandar kesatgannamo.
- To'g'ri gapir - ohangi yoqmadi qizga.
- Haqiqatni aytsam ishonmasang.
- Nima qilganding o'zi?
- Mashina vaqtinchalikka "olib turgandim" -tirjaydi Iskandar.
- Vaqtinchaga?! - Isf i raning qoshlari uyuldi.
- Ha qaytarib olib borib qo'yganimda sezib qolishdi.
- Sen...sen g'irt ahmoqsan... "Qamoqda edim", "Mashina o'g'irladim" deb bemalol aytayapsanmi?!
- Munosabatlarimizni yolg'on bilan boshlanishini xohlamayman. Men haqimda ko'p narsani bilsang ikkimiz uchun ham yaxshi.
- Senga hali kim rozilik berdi "munosabatlarimiz" deysan.
- Men rozilik so'radimmi? - hayron qaradi qizga Iskandar.
- Nima so'ramaysanmi?!
- So'raymi?!
- Ya Alloh, Alloh...o'zing menga sabr ber - Isf i ra o'zini tinchlantirishga urindiyu, ammo eplolmadi -  Yo'qol, daf bo'l, xonadan chiqib ket! Ahmoq, to'nka, ablax, kaltafahm.
- Hoy, bo'ldi, bo'ldi tinchlan hazillashdim axir... hozir qulog'imni kar qilasan bunaqa baqirishda.
Iskandar o'zini kulgudan zo'rg'a tiyib qizni tinchlantirishga tushdi. Qiz biroz tinchlangach jilmaygancha ko'zlariga boqdi.
- Ho'sh?!
- Nima ho'sh? - Isf i ra yigitga o'qraydi.
- Men seni yoqtiraman dedim... Senchi?!
- O'g'irlagan mashinangni rusumi  qanaqa edi?
- Isf i ra hayoliga kelgan ilk gapni gapirib mavzuni umuman aloqasi bo'lmagan tarafga burib yubordi.
- Mercedes - Iskandar kulgancha javob qildi.
- Mercedes... Nima sen... Sen hali... O'sha kungi mashina o'g'irlanganmidi?!  Isf i ra So'qoqqa borgan kunni eslab jahldan qizarib ketdi. Xatto o'sha kungi mashina ham o'g'irlangan ekan.
- Hoy... O'zingni shaxsiy nimadirlaring bormi o'zi?
- Uyim bor, kiyimlarim bor, telefonim bor yana... Bo'ldi faqat shular ekan.
- NIMA? SEN...sen... Shuncha o'g'rilik qilib ham, atiga shu narsalaring bormi?
- Seni hozir boylik qiziqtirayaptimi?
- Yo'q albatta, o'g'irlagan pullaringni nima qilishing qiziqtirayapti.
- Barakasiz pullarda...havoga uchadi... Gapni judaaa chalg'itdingda ho'sh seni javobing?!
Mana qara so'rayabman... So'raganda javob berib qol, keyin bunaqa imkoniyat bo'lmaydi!
- Shifoxonadan qochamizmi?
- Meni savolimga javob berishni istamaganing uchun miyyanga kelgan ilk savollarni aljirayapsanmi?
Iskandarning tabassumi yanada keng yoyildi.
Qiz "ha" demayapti, ammo "yo'q" ham demayapti. Bundan kelib chiqadiki Isf i rani ham ko'nglidan allanimalar bor yigitga nisabatan.
- Mayli buguncha sen dam ol, men ertaga kelaman.
- Unda ertaga qochamizmi?
- Yo'q ruxsat berishsa keyin chiqasan shifoxonadan.
- Lekin meni qochgim kelayapti, qoidalarni buzgim kelayapti...
- Nima? Axaxaxa... - Iskandar baland ovozda kulib yubordi - Hozirdan o'zingni menga moslayapsanmi? Yaxshi harakat.
Iskandarning kulishi va gaplarini yoqtirmay qiz to'mrayib oldi.
- Mayli men ketdim,  peshonangni "nastrayeniyasi" buzildi ertaga kelaman. Sen esa hozir yotib dam ol.

Oq QoraWhere stories live. Discover now