4

7 0 0
                                    

Tong saharda telefon ovozidan uyg'ongan yigit, telefon ovozini o'chirib bir ikki kerishib oldi. Uyqusi biroz o'chgach bu yerga nega kelishganini eslab o'rnidan turdi. Hali hanuz noz uyquda choyshabga o'rangancha yotgan  qizga bir necha daqiqa tikilib, uni uyg'otishga tushdi.
- Isf i ra, tur, uyg'on... Uyg'onsangchi...
Ketishimiz kerak.
- Hmm - qiz uyqusiragancha bir g'ingshib ko'zini ocha olmay qayta uyqusini davom ettirdi.
- Hoy qiz tursangchi... - yigit endi turtkilashga o'tdi - Uyg'on.
- Yana besh daqiqa...
- Vaqtimiz yo'q, tur... Tezlash hali seni uyinga ham tashlab qo'yishim kerak.
- Ho'p... Mana turayabman.
Isf i ra erinibgina o'rnidan turdi. To'zg'ib ketgan sochlarini tartibga keltirib, to'shaklarni yig'a boshladi. Kecha chodir ichini o'rganib chiqayotganda ko'zi tushgan bir bakalashka suvni olib chiqib, chekkaroqga o'tdida, yuz qo'lini ham yuvib oldi.
- Yuzingni yuvganmisan?  Uyqusi ancha ochilgan qiz qo'lida turgan bakalashkaga ishora qilib yigitga dedi.
- Endi.
- Ushla - bakalashkani yigitga uloqtirdi.
- Rahmat.
Isf i ra u yoq bu yoqni tartibga keltirgan bo'ldida, chodir yoniga o'tirib olib sekinlik bilan zaminga nur taratishni boshlayotgan quyoshga termuldi. Iskandar aynan tong shafag'ini ko'rsatish uchun ham qizni shu yerga olib kelganini bilgandi. Haqiqattan ochiq maydonda quyosh qizg'ish sariq ranglari birla osmon sari juda go'zal tarzda ko'tarilayotgan edi. Qiz bunday manzaralarga juda ko'p guvoh bo'lgan, baland bino ustida, dengiz sohilida, tog' yonbag'irida va hakazolar. U bundanda go'zal tabiat ostida aynan shafaqning ikkala turiga ham xoh kun chiqish, xoh kun botishi guvohi bo'lgan. Bu qiz uchun hech hayratlanarli bo'lmasligi mumkin.
Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki bu jarayon har kuni qayta-qayta takrorlanda ham u uchun quvonchli lahzalar deya. Isf i ra o'z uyida turib  quyosh chiqishi yoki botishi guvohi bo'lsa ham bu lahzalardan quvongan, bahra olgan bo'lardi. Chunki unga muhit emas aynan jarayon rohat bag'ishlaydi.
- Juda chiroyli. Tabiatning ayni shu manzarasi men uchun eng muhtashami.
- Ilk bora fi kringa qo'shilaman - qiz yoniga joylashib olgan yigitga bir ko'z tashlab nigohlarini qayta shafaqqa qaratdi.
- Har quyosh chiqqanida hayolinga ilk kelgan narsa nima bo'ladi?
- Bilmasam... Hech o'ylab ko'rmagan ekanman... - qiz o'ylanib qoldi - O'zing nimani hayol qilasan?
- Yana bir kun yashashga imkon degani bu...!
Va bu har kuni takrorlanadi to umrimiz so'ngigacha.
- Umid... Yana shu go'zal manzarani ko'rish umidi... Shu keldi hayolimga...hozirgina...
Bilasanmi... - Isf i ra nigohini quyoshdan olib Iskandarga qaratdi - meni yuragim bir pufak...
Va u istalgan lahzada yorilib ketishu mumkin.
Men ana shunday qo'rquv bilan yashayman.
Menga anniq vaqt berilmagan, yuragim qanchaga chidasa shuncha yashayman. Bu degani har soniyamda o'lim meni taqib etadi -qiz alamli jilmaydi - nega bularni senga aytayapman o'zi.
- Ba'zan bir insonga yana bir kimdir kerak bo'ladi... - qizni ko'nglini ko'tarmoqchidek gapirdi Iskandar.
- Ha va bu inson sen bo'lib qolding bir safar...
Juda ko'p gapirib yubordim... Bo'ldi keta qolaylik endi.
- Bugun dam olish kuni, balki...
- Yo'q - yigit hali gapirib ulgurmasidan Isf i ra uning og'ziga urgandek gapirdi - bugun dam olish kuni va men dam olaman. Meni uyga olib bor.
- Yaxshi.
Iskandar hech qanday e'tiroz bildirmadi.
Shuncha gapdan keyin ham qizni majburan o'zi bilan olib yurishga hayo qildi. Qizning kasalligi haqida tushunsa tushunmasa ancha narsa bilib oldi, harholda bu kasallik bilan o'ynashib bo'lmasligini anglayapti. Endi ancha o'ylab ish ko'rishi kerak.
Tong yorug'ida ham qo'riqchilarni ko'zini shamg'alat qilib orqa tomondan hovliga kirib olgan Iskandar Isf i rani ham ortidan sezdirmay ergashtirdi.
- Bu yog'iga o'zim, sen ketaver.
- Ok... Yana ko'rishguncha - Iskandar bir ko'zini siqib zumda qizning yonidan yo'qoldi.    Isf i ra amallab o'z xonasi derazasigacha ko'tarilib olgach xonasiga bir ko'z yugurtirib ichkariga kirdi. Shukurki dam olish kunlari qizni hech kim bezovta qilmaydi, agar kechasi bilan uyda bo'lmaganini kimdir bilib qolsa bormi?! Buni o'ylashni o'zi daxshatli. Qiz chuqur nafas olib o'zini yotoqqa otdiyu, to'yib uhlamagan uyuqsini davom ettirdi.
Oradan to'rt kun o'tgach.
- Qizim oxirgi vaqtlar juda o'ychan bo'lib qolding - Mahbuba xonasida derazaga termulgancha hayol surib o'tirgan qizining yonidan joy egallarkan, bu xonaga kirishning asl maqsadini ham yashirib o'tirmadi.
- Yo'q, unday emas - Isf i ra tan olgisi kelmay onasiga qaradi.
- Nimadir bo'ldimi? Yuraging bezovta qilayaptmi?
- Yo'q, hammasi joyida.
- Homush tortib qolgansan, dadang ham ikki kundan beri sendan havotirda.
- Bilmadim oyi, negadir o'zimni holsiz his qilayapman, shunga...
- Dorilaringni ichayapsanmi?
- Ha.
- Balki shifoxonaga borib kelarmiz.
- Yo'q, menimcha bahor havosi yoqmayapti.
- Havo almashtirib kelasanmi?  Mahbuba sayohatga ishora qilib dedi.
- Biron sovuqroq mamlakatga bo'lsa yo'q demasdim.
- Rossiyaga nima deysan?
- Menga maqul.
- Unda dadanga aytib ko'raman.  Mahbuba qizining yuzidan o'pib xonadan chiqib ketdi. Isf i ra yana o'zining tushunarsiz hayollari bilan derazaga tikilgancha qoldi.
Mana to'rt kundirki hayotiga to'fondek kirib kelgan Iskandardan umuman darak yo'q. Na o'zi ko'rinish beradi, na telefonda tirilikini, borligini bildiradi. O'sha So'qoqga bo'lgan sayohatchadan keyin yigitni na yerda, na ko'kda ko'rdi.  Dom daraksiz, qorasini ko'rsatmay g'oyib bo'lgan. Isf i ra boshida bunga unchalik ham e'tibor bermadi. Bir kun o'tdi, "Menimcha qutuldim" degan o'y bilan oz muncha xursand ham bo'lgandi. Ikkinchi kun ham o'tdi, ko'rinish bermadi. Uchinchi kun qizning yuragiga g'ul-g'ula tushdi. Iskandar qizning ikki haftasini "o'g'irlamoqchi" edi.
Ammo ikki uch kun vaqt o'tkazib birdan g'oyib bo'ldi. Bu orada Isf i raning hayollari har ko'chaga kirib chiqdi. Xattoki yigitga biron korhol bo'lgan deb ham o'ylay boshladi.
To'rtinchi kun ham hech qanday xabar yo'q.
Yigitga telefon qilay desa g'urur o'lgur yo'l qo'ymaydi. Axir uning yonida oz-muncha  har-hasha qilganmidi meni tinch qo'y deya. Endi yo'q bo'lib qolganda o'zi izlashi... Yo'q bu sira ham qizning prinsiplariga to'g'ri kelmaydi...
Ammo shunday xabarsiz o'tiraverish ham qizning joniga tekkan.  "Birgina qo'ng'iroqqa o'lib qolmayman" o'yladi u "va bu qo'ng'iroq hech narsani hal qilmaydi, men shunchaki tanishimni holini bilmoqchiman" Isf i ra qo'liga telefonini oldi.
Yana bir necha daqiqa telefonga tikilib turib uni yotoqning narigi taraf i ga otib yubordi.
"Umuman olganda meni nima ishim bor?!"

Oq QoraWhere stories live. Discover now