SEN HAQIDA SHIRIN ORZULAR
Taxminan 14-15 yoshlarimda hayotimga kirib kelgan va holigacha chiqib ketolmaydigan bir inson bor. Uni sevamanmi? Albatta sevaman shunchalik sevamanki bazida unga azob berganimni ham bilmay qolar ekanman. Uni sevishim u uchun azob ekan shuni his qilishimga qancha vaqt ketganini bilmayman. Bu orada esa yillar o'tdi.
Armonlarim bormi? Albatta men his qilgan tuyg'uni his qilmagani yoki kech tushungani sabab qilib ko'rsatishim mumkin. U haqida o'ylashni xohlamasamda o'ylaganim sababdir bal'ki, hozir hayotim davom etmoqda...
Do'st bo'lib qolamizmi? Iloji yo'q.
Menga taklif qilgani shu bo'ldi xolos. Nahotki men shunga loyiqman yoki meni faqat do'st sifatida shirin xotiralar bilan eslab qolishni xohlagandir (men imkon bermadim)Hamma ham bir imkoniyatga loyiqmi?
Bir ovozdan ha deyishingiz katta ehtimol, menga esa shu ham armon. Shunaqa hayotda nima uchun kurashardingiz? Motivatsiya qayerda deb o'ylaysiz? Sirli topishmoqqa o'xshaydi-ya? Go'yo.Qiziq hammasi bir qizni deb shunchalikmi? Deysizmi? Yo'q albatta.
Faqat men u qiz haqida yozayotganim. Esimdan chiqarmoqchi bo'laman u hamma narsa uni esga solaveradi. Muhabbat yo'q, sevgi yo'q desangiz hozir bularni nega o'qib turibsiz!✍ Soatov Abdulla
👉 T.me/Kechdim_SevgiSeni nima uchun sevganman? Odatda sevishganlar bir-biriga nima yoqadi-yu nima yoqmasligi haqida juda yaxshi bilishadi. Bilmasa ham yaqin dugonasidan so'rab olishadi. Menda esa faqat sevaman deb dunyoga jar solibman-u unga qayta-qayta aytaveribman. Menimcha bezdirib qo'ygan bo'lsam kerak? Albatta buni uning o'zi ham o'qiyapti va o'z fikrlarini aytmoqda hattoki ismini yozishga ham ruxsat bergan, lekin sirli bo'lib qolishini o'zim xohlayman. Senga shunchaki ko'ngil qo'yishim oson bo'lmagan chunki siz ham meni ikkinchi juftim deb qaragan insonni shunchaki tanlamaysiz. Bunga yetarlicha sabab va plus tomonlarini bo'lgan albatta.
Bitta she'r yozganman bir vaqtlar. "Sevganim qop qora qiz" deb lekin o'zi hecham o'qimagan. Menimcha o'qitmasam ham kerak chunki yetarlicha sabablari bor. 1- ustidan masaxara qilgandek ko'rinaman. 2-ranjitib qo'yishni hecham xohlamayman.
Sizga nima demoqchiligimni tushundingiz deb o'ylayman. Sevgi boy kambag'al tanlashi mumkin hozir lekin boshqa narsalar 2-darajali bo'lib qoladi.She'r yozishimga 2-inson sababchi 1-men eng qadrlaydigan o'zimni mehribonim qadrdon insonim bo'lgan o'zimdan sal kam 1 yosh kichik sirli olam malikasi bo'lsa, 2-meni she'r yozishga undagan hatto ruchka qalam olib bergan. Hechkim she'rlaringni o'qimasa ham o'zim o'qiyman deb oldinga undagan inson Zarina bu uning taxallusi xolos kimligini o'zi ham zo'rg'a bilib olsa ajabmas. Men uni axir Nuri bo'lganman.
✍ Soatov Abdulla
👉 T.me/Kechdim_SevgiBitta savol tug'ildi ko'pchilikda nima sababdan sen haqingda emas. Sen haqida shirin orzular deb? Bilasizmi? Uni sevishim ardoqlashim mumkin, kerak bo'lgan paytda esa uni kuldirib kayfiyatini ko'tarishim, yoki u bilan biron masalada yo'q narsani gapirib soatlab tortishishim ham mumkin. Biroq u meniki bo'lmaydi. Shuning uchun sen haqingda emas sen haqida deyilgan.
Ba'zi ozrular armon bo'lmaydi. Ishonasizmi? Shu so'zimga yo'qmi? Har bir kun izidan tun kelganidek, ko'pincha kech uxlab kech turardim. Ozru qilardim -qani endi men uxlab yotsam-u u tel qilib uyg'otsa, shu voqea men bilan sodir bo'lgan juda ham xursand bo'lganman, ammo juda ranjiganman ham chunki u, unga muhabbatim sovib bo'lgan paytlarda bo'lgandi-da.
U bilan hozir munosabatimiz qanday? Oddiy samimiy va betakror yani biz suxbatlashsak o'sha eski gaplar boshlanadi. U hayot yo'lida davom etmoqda.... unashtirildi. Menda ham hammasi zo'r. Bir tarafdan muhabbatimga yetolmaganimdan afsuslansam. Ikkinchi tarafdan yaxshiyam shunaqa bo'lgan deb o'ylayman. Agar u bilan birga bo'lganimda sevgi nima ekanligini his qilmasmidim. Chunki undan keyin ajoyib qiz bilan yaxshi ko'rishib qolganman. Aslida u meni yaxshi ko'rib qolgan. To'g'risi meni ham emas, she'rlarimni yaxshi ko'rib qolgan qiz.
Sevgi yo'qmi? Kurashmadingizmi? Bilasizki? Qars ham 2 qo'ldan chiqadi. Men bir tarafdan unga qanchalik intilsam. u mendan shuncha yiroqlashsa, bu qanday muhabbat bo'lishi mumkin. To'g'ri oxirgi yillarda uni ko'nglini ancha oldim. Bildim-ki men u uchun hechkim emasman shu sababdan tark etdim. Qolaversa undan ko'nglim sovigan ham, oldinlari uni ismini qaysidir o'g'il bola yonimda aytib qo'ysa yurak 100 martta tez urgani-yu, o'sha bolani urib pachoq qilib qaytib ismini tiliga olishni ham xohlamasdim. Uni esa 2 marta sevib qolishni istamadim.
U bitta so'zni aytardi. "Men sening birinchi muhabbating emasman" deb rostdan ham shunday men uchun birinchisi emassan u hozir men uchun bu olamda yo'q. Lekin birinchisida his qilmagan tuyg'ularimni sevgi azobini his qildirgan birinchisisan. O'zing yaxshilab o'ylab ko'rsang bo'lardi, oyga ham birinchi qadam bosgan insonni eslab qolishadi. 2-odam kim ekanligini hozircha hechkim bilmasa kerak menimcha 😁
15-16 yoshimda maktabga ham faqat uni ko'rish uchun boradigan. Chehrasini ko'rib xursand bo'ladigan, u ham xuddi maktab majburiymasdek kelibdi deb hayajonlanadigan, u bilan gaplashib dilimdagini to'kib solsam-u, meni tushunsa deb hayol qilgan inson haqida qisqacha yozdim do'stlar.
✍ Soatov Abdulla
👉 T.me/Kechdim_SevgiHayot hammani narsada sizni sinaydi. Vaqt esa ko'nikishga o'rgatib qo'yadi. Uni sevishim rost edi-yu, nega meni tushunmagani doim hayolimdan ketmas edi. Eng achinarlisi ham shu menimcha.
U bilan qayerda bo'lmaylik urushardik. Hattoki maktabda biron tadbirda birga qatnashib qolsak ham fikrimiz 1 joydan chiqmasdi. U, u-yoqqa men esa bu yoqqa tortardim aravani, bo'sh aravani tortgandan ham foyda yo'q edi aslida, lekin unga boshqa yo'l bilan ham gap otishni iloji yo'q edi-da.
Xuddi maktabda qiz qurib qolganidan seni nega sevdim deb ba'zan afsuslanib ham qo'yardim. Lekin tez fursatda bu fikrdan qaytib yana senday qop qora qizni qayerdan topaman deb kulib ham qo'yardim o'zimga-o'zim. Shu zaylda ancha his tuyg'uga beriluvchan bo'lib qoldim. Albatta hamma his tuyg'ular hindcha kinolarda bo'lardi. Shoxruxxon, Salmanxon, Kajol va Prity Zinta o'ynagan kinolarni ko'p qo'yardi. Men esa qoldirmasdan tun bo'lsa uxlamasdan ko'rar edim. Sababi bitta oxiri nima bilan tugar ekan deb, o'sha kinolarda romantika joylari ko'p bo'lib ba'zan hayollarga cho'mib ketardim-u. Qo'ysangchi u osmondagi oy seni nazariga ilarmidi degan o'y bilan tong ottirardim. Kinoni eng yaxshi joylarini eslab qolardim-da, u bilan ham shunaqa bo'lsa nima bo'larkan-a deb hayajonlanardim. Maktabda ko'rishishga orzu qilgan bola uchun bu bir misoli faqatgina ertak edi xolos. Unga sevgimni tushuntirish uchun hech kimdan foydalanmasdim. Bal'ki inkor etarsan, qanchalik haqiqatga yaqinligini esa o'zimdan boshqa yoki uni o'zidan boshqa hechkim bilmasa kerak.
O'sha oy haqida 4 qator she'r yozganman. Albatta uni o'ziga tashladim. Chunki she'rlarimni chiqarishni niyat qilganman. Shuni xafa bo'lmaydilar degan umiddaman.
✍ Soatov Abdulla
👉 T.me/Kechdim_SevgiSeni haqingda yozib tugatolmaydigan armonlarim ko'p-u orzularimni ushalgani sanoqligina xolos. Doim biron nimaga ihlos qilib ishonib yashash kerak deymiz, lekin ishongan odamingiz sizni bir kun kelib hechkim tanimaydigan bir inson qiyofasiga solib qo'ysa-chi, sizda bo'lmagan haqiqatlarni meni hayotingizga olib kiraman.
2 ta savol bor hecham javobini topib bo'lmaydigan. Nega u meni demadi? Meni degan-da nima bo'lar edi? Shunchaki so'roq (?) belgisini qo'yish bilan undan nima so'rayotganligimizni bildirib qo'yishimiz mumkin. Faqatgina javob berish biroz mushkul, hattoki matematika misollarini ham javobini topsa, bo'ladi-yu lekin ushbu savolni javobini o'zingizga berib ham topolmaysiz!
Uni qisqacha ta'riflab beraman. Chiroyli go'zal degan so'zlar doim bir xil ma'no anglatgani uchun ushbu so'zlarni ishlatmaslikka harakat qilaman: uni ko'zlari qoramtir-jigarrang, ko'zlari bazida chaqmoqdek chaqnasa, bazida yomg'irdek tomchilar quyiladi. Bir qarashda ko'zga tashlanmaydi, lekin istarasi issiq, xuddi yaqinigizdek tuyulaverdi-u begonaga o'xshaydi. Qorachadan kelgan, bo'ylari o'rtacha, sochlari misli majnuntol, qomatlari raso xullas ideal kamchiliklari yo'qdek. Hazilkash, xushfe'l, kelishuvchan, suhbatga tez kirishadi. Mehr va qahr unda doim-o yonma yon yuradi. Jahli hammanikiga o'xshab burnini uchida turadi. Hammani bir ko'zda ko'radi, faqatgina meni emas. Irodali qiz. Lekin kamchiliklari ham yo'q emas, ko'ngli bo'sh tez yig'lab yuboradi - yig'loqi.
U haqida bilganlarim!✍ Soatov Abdulla
👉 T.me/Kechdim_SevgiSevgida kurashni davom ettiring, meni hikoyalarimni o'quvchi muxlis yoki muxlisa bo'lsa fikrlaringizni pastda yozib qoldiring!