Mening ismim Ali hozir 25 yoshdaman. Tashqaridan oddiy insondekman hamma meni yaxshi ko'ngli ochiq bola deydi, lekin mening ichimdagi narsani bilishsa aniq bilaman mendan jirkanishadi va tark etishadi. Men qopol qilib aytkanda geyman va menga qizlar emas bollar yoqadi. Bilaman bu narsa isnot jirkanch gunoh lekin meni qo'limda emas. Bu narsaga sabab bo'lganlar gunohkor emasmi, meni yoshligimda har kuni tajavuz qilib qo'rqitib ko'p narsaga majbur qilgan qo'shni bollar mahalladagi bollar gunohkor emasmi. 7 - 8 yoshli bola bitta kanfetga oldanadi va hozirgacha azobini tortib keladi. Na oilamdagilarga aytolardim na boshqalarga o'zim xam tushnmasdim orqamdan ushlashganida jinsiz azosini tekizganida nima bo'lyotkanini tushinmasdim. Bora bora yoshim kattaygani sari aqlim yeta boshladi, men tajovuzga uchrayotkandim lekin endi kech edi chunki agar kimgadir bu haqida aytsang o'zing sharmanda bo'lasan hamma ayib o'zingda bo'ladi dep qo'rqishardi. Buni mahalladagi aka, oshna dep yurgan bollar qilardi. Afsuski erkaklik hislarim yo'qola boshlagandi, maktabda xam qizlar bilan yurar bollarga qo'shilmasdim, fodbol o'ynashni o'rniga qizlar bilan boshqa narsalar o'ynardim. Uyda harkuni kechqurun onamni sochini o'ynar tarardim, koshki meni xam shunaqa uzun sochlarim bo'lsaydi derdim