Aytishlaricha, har bir eski uyning oʻz xotirasi va oʻz sirlari boʻladi. Baʼzi sirlar esa vaqt oʻtishi bilan tuproqqa koʻmilib ketmaydi, aksincha, devorlarga singib, chirmovuqlardek uy atrofiga chirmashib oladi.
Oʻrmon qaʼridagi bu gʻishtli imorat oʻz bagʻrida necha yillik sukunatni saqlab kelardi. Ammo har safar tun choʻkib, osmonni qora bulutlar qoplaganida, chordoq oynasida bir soya paydo boʻlardi. U hech qachon gapirmas, hech qachon yigʻlamasdi. U shunchaki kutardi...
Chunki Lili hali ketmagandi.
YOU ARE READING
Yolgʻiz Lily
HorrorKimsasiz oʻrmon qaʼridagi bu eski, chirmovuqlar quchgan gʻishtli uy yangi hayot ilinjida kelgan oila uchun sokin panohdek tuyulgan edi. Ammo ular bu yerda aslida yolgʻiz emasliklarini bilishmasdi. Tungi sukunatni buzuvchi sovuq shivirlashlar, chordo...
