Malikaning qora kundaligi
1-bob
Hikoya sehr-jodu faqat aslzodalarda kamyob uchraydigan, qolgan odamlarda esa oddiy mayda qobiliyatlar mavjud bo'lgan fantastik olamda kechadi. Bu olamda sehrli shar yordamida odamlarning qobiliyati aniqlanadi. Hammaning kuchi 12 yoshga yetganda ma'lum bo'ladi va ular o'z qobiliyatlarini rivojlantirishadi.
Chegara yaqinida bir qishloq bor edi. Tinch o'rmon bilan yonma-yon joylashgan ovchilar qishlog'i. Ular yirtqich hayvonlarni o'ldirib, pul ishlashardi. U yerda faqat bitta tabib bor edi. Menni buvim va uning nevarasi Rous ismli qiz, ya'ni men, yashardik.
Men tabiatan quvnoq va ochiqko'ngil edim. Hamma bilan yaxshi kelishar, osongina do'stlar orttirardim. Men buvimga yordam berardim. Giyohlar terardim, yosh bo'lishimga qaramay, yozish-o'qishni bilardim. Bularni menga buvim o'rgatgan. Odamlarni davolashni ham buvimdan o'rganardim.
Men 12 yoshga yetdim. Hamma bolalar kabi men ham kuchimni aniqlash uchun shahar maydoniga bordim. U yer gavjum edi, chunki hatto zodagonlar ham o'z qobiliyatlarini shu yerda ochishardi. Men xursand edim, tezroq o'z kuchimni bilib olishni xohlardim. Bu kuch menga la'natdek hayotimni buzishini hali bilmas edim.
Men buvimga ko'proq yordam berish uchun tabibga xos biror qobiliyat olishni juda xohlardim.
Hamma bolalar birin-ketin o'z kuchlarini bilib olishdi. Ichimdagi hayajon juda kuchli edi. Shuning uchun men biroz qo'rqib, oxirgi bo'lishga qaror qildim. Navbatlar birin-ketin o'tar, hamma xursand edi. Nihoyat mening navbatim keldi.
Chuqur nafas olib, qo'limni sehrli sharga qo'ydim va ko'zlarimni yumdim. Sukunat cho'mdi, go'yo vaqt to'xtab qolgandek edi. Ko'zlarimni ochdim va qobiliyatlarimga shoshib qaradim. U yerda "davolash" so'zini o'qib, xursandligimdan buvimning yoniga yugurdim. Atrofga e'tibor ham bermadim.
- Buvijon, endi sizga yaxshiroq yordam beraman, - deya baqirdim xursandligimdan.
Ko'zlarim buvimning yuzini endi ko'rdi. Buvimning yuzida qo'rquv bor edi. Atrofga keyin qaradim. Odamlar jiddiy ohangda menga qarab, qo'l uchi bilan ko'rsatishardi. Nima bo'layotganini tushunmasdim.
Shunda sehrli shar yonidagi odamlar qobiliyatimni ovoz chiqarib aytishdi.
- Oq jodugar.
Bu nima ekanini ham bilmasdim. Hech narsaga tushunmasdan atrofga qarab tentirardim.
Oq jodugar qobiliyati noyob bo'lib, asosan qirollik oilasi vakillarida, ba'zi holatlarda esa katta zodagon aslzodalarda uyg'onadigan kuch ekan. Buni menga ikki kundan so'ng uyimizga kelgan odamlar aytishdi.
Shu ikki kun ichida buvim faqat yig'ladi. Ularni ko'ndirishga urindim, faqat...
Davomi bor...
Fikr bildirib obuna boʻling
YOU ARE READING
Malikaning qora kundaligi
Historical FictionBu hikoya odiy qishloqda shoʻx shodon qizning hayoti malikaga ekani maʼlum boʻlgach saroydagi hayotini oʻz kundaligiga yozib boradi siz togʻridan togʻri uning kundaligini oʻqiysiz.
